Buxoro davlat universitetining fan olimpiadalariga start berildi!
Siz muddatidan oldin talaba bo‘lmoqchimisiz? Buxoro davlat universitetiga davlat imtihonlarisiz imtiyoz asosida o‘qishga kirishni istaysizmi?
Buxoro davlat universiteti umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida uch bosqichli (maktab-viloyat-OTM) MATEMATIKA, FIZIKA, INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI, KIMYO, BIOLOGIYA fan olimpiadalarini e’lon qiladi
Olimpiadaning yakuniy bosqichida 1-3 o'rinlarni egallagan o'quvchilar 100% imtiyoz asosida Buxoro davlat universitetiga imtihonsiz qabul qilinadi
Olimpiadada Buxoro davlat universitetida o‘qish istagi bo‘lgan Respublikamizning barcha viloyatlarida joylashgan umumta'lim maktablarida tahsil olayotgan 11-sinf o‘quvchilari, akademik litsey bitiruvchilari ishtirok etishi mumkin.
Olimpiadaga ishtirok etish uchun havola orqali ro'yxatdan o'ting
https://forms.gle/3B1WwpWKL6xYYxrK7
Qabul jarayonlari 2026-yil 24-mart kunidan 13-aprel soat 10:00ga qadar davom etadi. https://t.me/Iqtidorli_talabalar_sektori kanalida e'lon qilib boriladi.
Ro'yxatdan o'tganlarning har kunlik ro'yxati, olimpiada kunlari, manzili va qo'shimcha ma'lumotlar mazkur https://t.me/Iqtidorli_talabalar_sektori kanalida e'lon qilib boriladi


