Axmedova Mehrinigor Bahodirovna
Bugun, 29-avgust kuni Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Dsc.03/04.06.2021.Fil.72.03 raqamli Ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda Xorijiy tillar fakulteti Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi dotsenti Axmedova Mehrinigor Bahodirovna 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun “Ingliz va o‘zbek tillarida “ma’naviyat” semantik maydoni: tarkibi, munosabatlari, leksikografik talqini" mavzusida yozilgan dissertatsiya ishini 100 % ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.
🕊Universitet jamoasi nomidan Axmedova Mehrinigor Bahodirovnani ushbu yutuq bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sogʻliq, ilm yoʻlida yuksak parvozlar tilaymiz. Universitetimizda olimlar safi kengayaversin!


