preloader
Blog Image

🎉Olimova Firuza Aslonovna

BuxDU tyutori PhD himoya qildi

    Buxoro davlat universiteti tyutori Feruza Olimova o‘ziga biriktirilgan talabalar bilan ishlash va tyutorlik davrida mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanish olib borib, psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

    Universitet rahbariyatining jamoaga ayniqsa, tyutorlarga yaratib bergan sharoitlari natijasida o‘tgan 3 yilda tyutorlar sohaviy va shaxsiy rivojlanib bordi. Xususan: 
- 1 nafar tyutor falsafa fanlari doktori (PhD); 
- 2 nafar tyutor doktoranturaga qabul qilindi; 
- 7 nafar tyutor magistraturaga qabul qilindi; 
- 5 nafar tyutor bo‘lim boshlig‘i (turli joylarda); 
- 10 nafar tyutor o‘qituvchi (turli joylarda); 
- 4 nafar tyutor mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanish olib bormoqda hamda 10 nafardan ortiq tyutorlar shaxsiy rivojlanishga erishdi.