preloader
Blog Image

✅Institut direktorining ilmiy ishlar, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha o‘rinbosari

Institut direktorining ilmiy ishlar, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha o‘rinbosari lavozim vazifalari:

 

O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, xat, topshiriqlarini, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga oid buyruqlar bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;

Manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘ladigan korrupsion holatlar bo‘yicha universitet rahbariga xabar berish.

Institut va kafedralar kesimida universitet kompleks rivojlantirish chora tadbirlaridagi ustuvor vazifalar hamda maqsadli ko‘rsatgichlarga erishish bo‘yicha doimiy monitoring olib borish va  bajarilishini nazorat qilish;

Magistrant, doktorant, tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishi ishlarini muvofiqlashtirish;

Institutda ilmiy-tadqiqot ishlarining istiqbolli va joriy rejalarini ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish; Ilmiy maktablarni shakllantirish va rivojlantirishga ko‘maklashish, professor-o‘qituvchilar va izlanuvchilarning samarali ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish; Institut xodimlarining ilmiy maqolalarini xalqaro va milliy nufuzli jurnallarda (Scopus, Web of Science) nashr etilishini muvofiqlashtirish va rag‘batlantirish; Ilmiy unvon olish jarayonlarida xodimlarga ko‘maklashish; Institutda mavjud ilmiy-tadqiqot markazlariga umumiy rahbarlik qilish, ularning real faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ilmiy maktablar samaradorlik darajasini monitoring qilish.

Ilmiy va ilmiy uslubiy konferensiyalar, kafedralararo yig‘ilishlar, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o‘z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi masalalari va h.k.) seminarlar, muloqot (diskussiya)lar tashkil etish va o‘tkazish;

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va amaliyotga tatbiq etish jarayonlarini tashkil etish; Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish, texnopark va startap ekotizimi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; Talabalar va yosh tadqiqotchilarning ilmiy-innovatsion faoliyatini tashkil etish, ularni ilmiy loyihalarga jalb qilish; Patent, mualliflik guvohnomasi va intellektual mulk obyektlarini rasmiylashtirish jarayonlarini nazorat qilish; Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash tizimini boshqarish;

Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari, maktablar va akademik litseylar hamda ilmiy muassasalar, jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish; Xorijiy universitetlar, ilmiy-tadqiqot markazlari va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish; Qo‘shma ta’lim va tadqiqot dasturlari, akademik almashinuv loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish; Xalqaro grantlar (Erasmus+, Horizon Europe, DAAD, Fulbright va boshqalar) bo‘yicha loyihalarni tayyorlash, taqdim etish va ijrosini muvofiqlashtirish; Institut professor-o‘qituvchilari va xodimlarining xorijda malaka oshirishi, stajirovka va ilmiy safarlarini tashkil etish; Xalqaro konferensiya va simpoziumlarda institutni vakillik qilish, hamkor tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish; Jalb etilgan xalqaro sarmoyalar, grantlar va loyihalar bo‘yicha hisobotlarni yuritish va ko‘rsatkichlarni muntazam tahlil qilish.

Institut miqyosida mustaqil ravishda qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish (o‘z hisob raqamiga ega bo‘lgan alohida «Markaz», «Kurs» va sh.k.), grantlar, investitsiyalar jalb etish, bunda Institut professor-o‘qituvchilari va talabalarining faol ishtirokini ta’minlash;

Institut faoliyati uchun zarur bo‘lgan hujjatlar uchun buyurtmalar berishni tashkil etish;

Institut rahbariyati va tegishli bo‘linmalar (kafedralar, ilmiy bo‘limlar) o‘rtasida ilmiy-innovatsion va xalqaro yo‘nalishdagi ishlarni muvofiqlashtirish; Universitetning Xalqaro hamkorlik departamenti hamda Ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish departamenti bilan uzviy hamkorlikda faoliyat yuritish; Institutning ilmiy-innovatsion va xalqaro faoliyati bo‘yicha davriy hisobotlarni tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish; Universitetni milliy tadqiqot universiteti maqomiga erishish va xalqaro nufuzli reytinglarda o‘rnini mustahkamlash bo‘yicha strategik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda tegishli bo‘lim va departamentlar bilan hamkorlik qilish; Ilmiy-metrik ko‘rsatkichlarni (Scopus, WoS, ORCID va h.k.) muntazam monitoring qilish va yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

Vakolati doirasida murojaatlarni ko‘rib chiqish;

 

Bilishi kerak:

Universitet va institut faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Xay’at Qarorlari, buyruqlari, OTM rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, OTM yillik va istiqboli rejalarini bi