Kafedra mudiri lavozimiga qöyiladigan talablar:
Kafedra mudiri lavozimiga qöyiladigan talablar:
Kafedra professor-öqituvçilari kesimida universitet kompleks rivojlantiriş çora tadbirlaridagi ustuvor vazifalar hamda maqsadli körsatkiçlarga erişiş böyiça doimiy monitoring olib boriş va bajarilişini nazorat qiliş;
TOP-500 talik röyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim muassasalari dasturlari asosida fan dasturlarini takomillaştiriş va tasdiqlaş;
Taʼlim yönalişi va mutaxassisliklar böyiça qabul ehtiyojlarni aniqlaş, kvotalarni şakllantiriş, abituriyentlarni jalb qiliş, saralaş böyiça tarğibot va taşviqot işlarini olib boriş;
Biriktirilgan taʼlim yönalişi va mutaxassisliklari böyiça talabalarning tölov-kontrakt şartnomasida körsatilgan kontrakt tölovlarini belgilangan muddatlarda tölanişini hamda şartnoma şartlarining bajarilişini taʼminlaş;
Akademik qarzdor talabalar uçun kredit-modul böyiça masofaviy taʼlim platformasida yaratilgan fan böyiça kontentlarni yaratilişini taşkil qiliş, yozgi semestr uçun professor-öqituvçilar tarkibini şakllantiriş, kredit-modul şartnomasi böyiça tölovlarni belgilangan muddatlarda tölanişini hamda şartnoma şartlarining bajarilişini taʼminlaş;
TOP-1000 talikka kiruvçi OTMlar bilan hamkorlik aloqalarni kuçaytiriş va pedagog-kadrlarni öquv jarayoniga jalb qiliş, xorijiy tilda ötiladigan fanlar salmoğini oşiriş;
Zarur hollarda kafedraga pedagog kadrlarni tanlov asosida işga qabul qilinişini taʼminlaşda iştirok etiş, ularni moddiy va maʼnaviy rağbatlantiriş, şuningdek, intizomiy jazo çoralarini qöllaş töğrisida OTM rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritiş;
Talabalar turar joylarida tarbiyaviy işlarni taşkil etiş;
Bitiruvçilarni işga taqsimlaş, ularning bandligini taʼminlaş böyiça barça çora-tadbirlarni amalga oşiriş;
Talabalarning qiziqişlarini eʼtiborga olgan holda turli mavzular, yönalişlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari böyiça tögaraklar taşkil qiliş, kiçik korxonalarda, talabalarni darsdan böş vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilişga qaratilgan tadbirlarni amalga oşiriş;
Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot işlarini olib boriş, tugallangan ilmiy tadqiqot işlarini taʼlim, fan va işlab çiqariş bilan integratsiyasini taʼminlaş;
Kafedra öqituvçilarining şaxsiy iş rejalaridagi öquv, ilmiy- uslubiy, ilmiy tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy va taşkiliy-uslubiy işlarini körib çiqiş, tajribali öqituvçilar faoliyatini örganiş, umumlaştiriş, ilğor tajribalarini ommalaştirişga qaratilgan işlarni taşkil etiş;
Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş, pedagogik faoliyat bilan şuğullanişni boşlagan yoş öqituvçilarga pedagogik malaka va könikmalarni egallaşda yordam beriş, axborot bazasini yaratiş, öquv maşğulotlarida zamonaviy öquv-texnika vositalaridan, yakka tartibda öqitiş va mustaqil taʼlim oliş uslublaridan samarali foydalanişni yölga qöyiş, öqitişni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus öquv auditoriyalarda taşkil qiliş böyiça takliflar kiritiş, masofali öqitiş elementlarini rivojlantiriş işlarini amalga oşiriş;
Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlaş, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdoş ixtisosliklar böyiça nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qiliş, universitet ilmiy tadqiqot faoliyatiga samarali hissa qöşiş;
Bitiruv malakaviy işi, magistrlik dissertatsiyasining mavzularini şakllantiriş, byudjetdan taşqari mablağlarni jalb etiş, şuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam körsatiş maqsadida işlab çiqariş korxonalari va boşqa taşkilotlar bilan aloqalar örnatiş;
OTM (oliy taʼlim muassasa) va mazkur kafedrada tayanç doktorant, doktorantlar bilan muntazam aloqalarni taşkil etiş, bitiruvçilar monitoringini olib boriş;
Kafedra ixtisosligi böyiça mutaxassislar malakasini oşirişga yönaltirilgan tadbirlar ötkaziş, taʼlim xizmati körsatiş tizimini rivojlantiriş;
Kafedrada öqitiladigan fanlardan laboratoriya işlarini töliq va sifatli ötkazilişini taʼminlaş hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna, qurilma va jihozlar bilan taʼminlanişiga homiylarni keng jalb etiş;
Manfaatlar töqnaşuviga sabab böladigan korrupsion holatlar böyiça universitet rahbariga xabar beriş.
OTMning axborot-resurs markazini kafedra taʼlim yönalişlari va mutaxassisliklariga oid yangi öquv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz töldirib borilişini va yangilanişini doimiy nazorat qiliş;
Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuzilgan öquv rejalardagi fanlar böyiça belgilangan maşğulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada ötkaziş, taʼlim sifatini taʼminlaş;
Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak maʼnaviy va axloqiy talablarga javob beruvçi yuqori malakali raqobatbardoş kadrlarni tayyorlaş;
Kafedra fanlari böyiça öquv dasturlarni işlab çiqiş va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etiş, şuningdek, turdoş kafedralar tomonidan tayyorlangan öquv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlaş;
Darslik, öquv, uslubiy va körgazmali qöllanmalarni tayyorlaş, qayta naşr etiladigan darslik, öquv qöllanma va öquv-uslubiy adabiyotlar, şu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuziş;
Kafedra yönalişlari va mutaxassisliklari böyiça malaka talablari, öquv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning taʼlim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravişda olib boriş va takomillaştiriş;
Biriktirilgan taʼlim yönalişi va mutaxassisliklari böyiça taʼlim dasturini xalqaro, kompleks va maxsus akkreditatsiyadan ötkaziş jarayonlariga tayyorgarlik köriş;
Iqtidorli talabalarni tanlaş va ularni tarbiyalaş, nomdor stipendiyalar, olimpiada va tanlovlarda, şu jumladan “El-yurt umidi” jamğarmasi va davlat grantlari tanlovlarida, şuningdek, xalqaro tanlovlarda iştirok etişini taʼminlaş, talabalarning mustaqil işlaş şakl va uslublarini takomillaştiriş böyiça çoralar köriş;
Kafedra mudiri elçixonalar, çet el taşkilotlari hamda çet mamlakatlar vakillari iştiroki bilan ötkaziladigan tadbirlarini yuqori taşkilotlar tomonidan belgilangan tartibda xalqaro aloqalar Kengaşi qarori bilan yoki istisno tariqasida rektor farmoyişi asosida yuqori taşkilotlar orqali amalga oşiradi;
xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorliklarni örnatiş hamda bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari böyiça qöşma taʼlim dasturlarini taşkil etiş böyiça muzokaralar olib boriş;
Oliy taʼlim muassasalarida boşqaruv lavozimida zarur bölgan kasbiy va taşkilotçilik qobiliyatlariga, taʼlim soqasida rahbarlik iş tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegişli bilim va könikmalarga;
Namunaviy şaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakçilik, ijodiy qobiliyatlar, xuşmuomalalik, taşkilotçilik, taşabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega böliş, masʼuliyat hissi, mustaqil qaror qabul qiliş va iş tutiş, qatʼiy harakat qiliş, muassasa strategik maqsadlariga erişişni taʼminlaş xususiyatlariga könikmalarga ega bölişi, çet tilini bilişi lozim;
OTMda bakalavr va magistrlar tayyorlaş yönalişlari va mutaxassisliklaridan biri böyiça fan doktori yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bölişi zarur.
Yönalişi böyiça kamida 3 yillik samarali iş stajiga ega bölişi zarur.

