🎉Boltayev Asliddin Askar o‘g‘li
✅ V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.FM.86.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisida 01.01.02 – «Differensial tenglamalar va matematik fizika» ixtisosligi bo‘yicha fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Boltayev Asliddin Askar o‘g‘lining «Birinchi tartibli xotirali elastiklik tenglamalar sistemasi uchun teskari masalalar» mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
👏 Dissertant hamda ilmiy rahbari professor Durdiyev Durdimurod Qalandarovichni muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz! Ilm markazi bo'lgan Buxoroyi sharifda mana shunday yangi olimlar safi ko'paysin.


