🎉Ganjiyev Feruz Furqatovich
Ganjiyev Feruz Furqatovich Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2021.P.26.02 raqamli Ilmiy kengashida 2024-yil 27-aprel kuni 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligi bo‘yicha “Globallashuv davrida agressiv o‘smirlar jamiyatga moslashishining ijtimoiy-psixologik determinantlari” mavzusidagi psixologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
👏 Dissertant hamda ilmiy rahbarni muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz! Ilm markazi bo'lgan Buxoroyi sharifda mana shunday yangi olimlar safi ko'paysin.


