preloader
Blog Image

🎉KASIMOVA RA’NO RAXMATULLOYEVNA

Bugun, 29-avgust kuni Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Dsc.03/04.06.2021.Fil.72.03 raqamli Ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.  

Unda Xorijiy tillar fakulteti Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi dotsenti Kasimova Ra’no Raxmatulloyevna 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha  filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun  “Bevosita o‘girmalarda muallif va tarjimon psixologiyasi (ingliz hamda o‘zbek mutarjimlari faoliyati misolida" mavzusida yozilgan dissertatsiya ishini 100 % ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.

🕊Universitet jamoasi nomidan Kasimova Ra’no Raxmatulloyevnani ushbu yutuq bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sogʻliq, ilm yoʻlida yuksak parvozlar tilaymiz. Universitetimizda olimlar safi kengayaversin!