🎉Navruz-zoda Shohro‘ Baxtiyor
Navruz-zoda Shohro‘ Baxtiyor bugun Buxoro davlat universiteti huzuridagi PhD.03/05.05.2023.I.72.05 raqamli Ilmiy kengashda 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Yoshlar turizmini rivojlantirishning klaster mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
👏 Dissertant hamda ilmiy rahbarni muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz! Ilm markazi bo'lgan Buxoroyi sharifda mana shunday yangi olimalar safi ko'paysin.


